Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:









Yetuk olima, tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olgan birinchi o‘zbek ayoli yuzlab shogirdlarni tarbiyalagan iqtidor sohibasi tug‘ilib o‘sgan xonadoni oldida o‘rnatilgan yodgorlik majmuasining tantanali ochilish marosimida mamlakatimiz va xorijiy davlatlardan kelgan olimlar, tadqiqotchilar Raxima Aminovaning farzandlari, yaqin qarindoshlari, rasmiylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Akademik Raxima Aminova o‘z zamonasi uchun benihoya jasoratli, mushohadasi teran va fikri keng insonlardan bo‘lib, agrar sohadagi tadqiqotlari bugungi islohotlar uchun ham muhim ilmiy poydevor yaratib berganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Tantanali tadbirda olimlar, Raxima Aminovaning yaqinlari ham yetuk olimaning boy ilmiy merosi bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini, aksincha, davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakatimizda zamonaviy ilm-fanni rivojlantirish, madaniy merosimizni tiklash va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida yanada dolzarb ahamiyat kasb etayotganiga e’tibor qaratdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!



Bir Vatan, Bir El, Bir Bayroq!

Qo‘qon shahrida tibbiyot sohasi mutasaddilariga e’tibor ko‘rsatildi

Sichqoncha bilan belgilab