Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:









Qo‘qon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan ommaviy estafeta o‘tkazildi Minglab ishtirokchilar nigohida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov shahrimiz mutasaddi rahbarlari hamrohligida yurtimiz bo‘ylab kezayotgan Davlat Bayrog‘ini qabul qilib olib, bayram tadbiriga start berdi. Milliy gvardiya, ichki ishlar, Mudofaaga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti avtomobillar va otliqlar kortejlari Sharqiy-harbiy okrug qo‘mondonligi Faxriy qorovul qo‘shinlari hamrohligida sportchilar, harbiylar, yoshlar va nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari Turkiston ko‘chasida "Bayroq - tinchlik va birlik ramzi" shiori ostida tantanali yurish qilib, xalqimizning g‘urur-iftixori bo‘lgan davlat ramzlariga hurmat bajo keltirdilar. Milliy kuylar sadolari ostida minglab hamshaharlarimiz yo‘llar atrofida qator bo‘lib tizilib tantanali yurish ishtirokchilarini qutlab, qo‘llab-quvvatladilar. O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda Qo‘qon shahar hokimi harbiy xizmatchilar, nuroniylar, xotin-qizlar faollari va keng jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirokida ulkan bayrog‘imizni ko‘tarib O‘rda maydoniga qadar yurish qildilar. "Bayrog‘im - g‘ururim" shiori ostida O‘rda maydoni oldida o‘tkazilgan tantanali tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Davlatimiz bayrog‘i xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, porloq kelajagimizga bo‘lgan ishonchimizni ifodalashini alohida ta’kidlab o‘tib, barchani kirib kelayotgan bayram bilan samimiy muborakbod etdi. Bayram tadbiri doirasida yosh iqtidor egalari ishtirokida vatanparvar qo‘shiqlar ijro etilib, rassomlar, o‘quvchi yoshlar ishtirokida davlat ramzlari aks etgan rasmlar ko‘rgazma tanlovi ham o‘tkazildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Qo‘qon shahrida tibbiyot sohasi mutasaddilariga e’tibor ko‘rsatildi




Sichqoncha bilan belgilab