Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:





Tadbirda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, adliya, sud, sog‘liqni saqlash, diniy tashkilotlar, “Nuroniy” jamg‘armasi hamda OAV vakillari ishtirok etdilar. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova ishtirokida o‘tkazilan seminarda oila tinchligi va farovonligini ta’minlash, erta va noqonuniy nikohlarning oldini olish, nikoh shartnomasining ahamiyati, oilaviy ajrimlarni kamaytirish, reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish masalalari muhokama qilindi. Tadbir yakunida mutasaddilar oilalar mustahkamligini ta’minlashda davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligini yanada kuchaytirishga kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!





Sichqoncha bilan belgilab