Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:





Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan tashkil etilgan profilaktik saflanish tadbirida ishtirok etdi. Tadbir davomida shaxsiy tarkibning shayligi, maxsus texnika va jihozlarning holati ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar bilan o‘tkazilgan muloqotda hududlarda yong‘inlarning oldini olish, aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish holatlarini bartaraf etish, shuningdek chaqnash va boshqa favqulodda holatlar yuzaga kelishining oldini olish bo‘yicha tizimli profilaktik ishlar olib borish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi. Shahar hokimi targ‘ibot-tashviqot ishlarini mahallalar kesimida kuchaytirish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish madaniyatini oshirish hamda mutasaddilarning mas’uliyatini yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Sichqoncha bilan belgilab