Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
/_nuxt/call-center-agent.BH8KI9TJ.png

Online yordamchi AI

Beta
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
0 C
26.07.2025
Davlat ramzlari

Maxsus imkoniyatlar

info@qoqon.uz

Mobil
logo.png

Qoʻqon shahar hokimligi

Rasmiy veb sayti

Shahar tarixi
Ma'muriy-hududiy tuzilishi
Xalqaro hamkorlik
Tashkiliy tuzilma
Shahar hokimi
Shahar hokimining o’rinbosarlari
Shahar hokimligining apparati
Tarkibiy bo‘limlar nizomi
Hokimiyat reglamenti
Muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari
Fuqarolarni qabul qilish kunlari
Ish kun tartibi
Shahar hokimining nutqlari
Davlat dasturlari
Shahar dasturlari
Elektron hukumat to‘g‘risida
Axborotlashtirish to’g’risida
Telekommunikatsiyalar to’g’risida
Elektron raqamli imzo to‘g‘risida
Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida
Elektron tijorat to‘g‘risida
Vazirlar Mahkamasi 18-son qarori
Vazirlar Mahkamasi 120-son qarori
Vazirlar Mahkamasi 184-son qarori
Vazirlar Mahkamasi 188-son qarori
Vazirlar Mahkamasi 232-son qarori
Vazirlar Mahkamasi 250-son qarori
Vazirlar Mahkamasi 259-son qarori
Vazirlar Mahkamasi 289-son qarori
Vazirlar Mahkamasi 355-son qarori
Senat a'zolari
Xalq deputatlari Qoʻqon shahar Kengashiga saylangan deputatlar
Sessiya kun tartibi
Deputatlar faoliyati
Doimiy komissiyalar
Namunaviy reglament
Xalq deputatlari shahar kengashining doimiy kommissiya raislari
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari
Rasmiy munosabatlar
Yo‘l xaritasi
Xisobotlar
Chop etilishi lozim bo‘lgan axborot materiallari ro‘yxati
Veb-saytda joylashtirish uchun majburiy bo‘lgan axborotlar ro‘yxati
Korrupsiyaga qarshi kurash
Ochiq tanlov va tenderlar
Maxfiy axborotlar sirasiga kiritilgan ma’lumotlar ro‘yxat
Ishga qabul qilish, rotatsiya to‘g‘risidagi e'lonlar va axborotlar
Ochiq majlislarda xozir bo‘lish tartibi
Boshqa ma'lumotlar
Hokimlik ochiq ma'lumotlari
Budjetdagi shaxsiy ma'lumotlarga nisbatan ochiq
Telefon raqamlar
Axborot xizmati
Manzil ma'lumotlari
So’rovlarni qabul qilish
Ishonch telefon reglamenti
Yagona telefon reglamenti
Sayt xaritasi
Ishonch telefoni:0(373) 542 10 00
Telefon: 0(373) 542 35 77
/images/gerb.png

Qoʻqon shahar hokimligi

Rasmiy veb sayti

Ishonch telefoni:+998 73 542 35 77
Telefon:+998 73 542 10 00
Murojaat yo‘llash

Asosiy

Davlat ramzlari

/ 26.07.2025

Davlat ramzlari

O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi
Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616­XII­sonli «O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi.

Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.

Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida «O‘zbekiston» deb yozib qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko‘rinishida: Humo qushi va daryolar — kumush rangida; quyosh,boshoqlar, paxta chanoqlari va «O‘zbekiston» yozuvi — oltin rangida; g‘o‘za shoxlari va barglari, tog‘lar va vodiy — yashil rangda; chanoqlardagi paxta — oq rangda; lenta — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak — oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar — oq rangida tasvirlangan.

O’zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog’i
Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407­XII­sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i — bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining o‘rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o‘tkazilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o‘n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan. Oq rangli yangi oy va o‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduzning tasviri moviy rangli yuqori enning o‘rtasidan 70x30 santimetrga teng to‘g‘ri to‘rtburchakka sig‘adigan qilib joylashtirilgan. Oq rangli yangi oy vertikal holatda do‘ng tomoni dastaga qaratilgan, dastadan 20 santimetr masofada joylashtirilgan bo‘lib, diametri 30 santimetrli doiraga sig‘adi. O‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduz diametri 6 santimetrli doiraga sig‘adi. Doiralar orasidagi masofa 6 santimetr. Yulduzlar uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qatorda uchta, o‘rta qatorda to‘rtta va quyi qatorda beshta yulduz. Quyi qatordagi yulduzlar yangi oyning pastki uchidan 3,5 santimetr masofada joylashadi.

O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768­ XII­ sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

Abdulla Oripov she’ri, Mutal Burxonov musiqasi

Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,

Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!

Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,

Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,

Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!

Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,

Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!

Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor!

madhiya__image01
madhiya__image11
Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba va YakshanbaO‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati, Qo’qon shahar, Turon ko’chasi, 1 uy
Menyu
Fuqarolarni qabul qilish kunlariShahar dasturlariRasmiy munosabatlarYo‘l xaritasiManzil ma'lumotlari
/images/ctrl_enter.png

Sichqoncha bilan belgilab

+
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 243 91 30Hokimlik faks raqami: (0373) 243 91 30Elektron pochta: info@qoqon.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 26.07.2025 da yangilangan
/images/footer/image-1.png
/images/footer/image-3.png
/images/footer/image-4.png
/images/footer/image-5.png
/images/footer/image-6.png
Qoʻqon shahar hokimligi
Developed by:
logo.png PremiumSoft