Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:








“O‘zbek tarixchilari maktabi: XX asr O‘rta Osiyo agrar va ayollar masalasi tarixi. Akademik Rahima Aminovaning 100-yilligiga” mavzusida bo‘lib o‘tayotgan konferensiyada mamlakatimiz va xorijiy davlatlardan kelgan olimlar, tadqiqotchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqdalar. Ilmiy anjumanning tantanali ochilish marosimida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan yurtimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimiz merosini o‘rganish va keng targ‘ib etishga qaratilayotgan e’tibor, Rahima Aminovaning mamlakatimizda tarix fani va keng miqyosda ilm-fan rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini alohida ta’kidlab o‘tdi. Konferensiyada O‘zbekiston fanlar akademiyasi a’zolari, mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchi olimlarning ma’ruzalari, Rahima Aminova hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etilib, iste’dodli ajdodimiz ilmiy tadqiqotlari bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!



Bir Vatan, Bir El, Bir Bayroq!

Qo‘qon shahrida tibbiyot sohasi mutasaddilariga e’tibor ko‘rsatildi

Sichqoncha bilan belgilab