Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:








Navro‘z tantanalar saroyida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Prezidentimizning O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirib, bayram ishtirokchilarini samimiy muborakbod etdi. Butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi shahrimizda ham davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan sohada ulkan o‘zgarishlar ro‘y berdi. Binolari eskirgan tibbiyot muassasalari yangitdan barpo etildi, barcha tibbiy maskanlarda zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari o‘rnatildi. Shahrimizda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari yo‘lga qo‘yildi, bemorlar bilan ishlash tizimi raqamlashtirilib aholiga qulay shart-sharoitlar yaratildi. Tantanali tadbirda fidokorona xizmat qilib kelayotgan tibbiyot xodimlari va faxriylar e’tirof etilib, Qo‘qon shahar hokimining Faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Bayram ishtirokchilari uchun konsert dasturi namoyish etilib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat baxshida etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!


Qo‘qon shahrida Konstitutsiya kuni yuqori saviyada nishonlandi


Qo‘qon shahrida inklyuziv ta’limni rivojlantirish choralari ko‘rilmoqda


Sichqoncha bilan belgilab