Sun. Apr 28th, 2024

Qo‘qon shahar Sharq mavzesi hududida Usmanov Valixon Alixanovichga mini paypoq ishlab chiqarish sexi qurishi uchun doimiy foydalanish huquqi bilan yer maydoni ajratib berish haqida.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 15 dekabrdagi “Qo‘qon shahrining arxitektura qiyofasi va shahar infratuzilmasini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi PQ-1239-sonli ijrosi yuzasidan qabul qilingan shahar hokimining 2009 yil 24 dekabrdagi 467-sonli qaroriga asosan Usmanov Valixon Alixanovichga Turkiston ko‘chasi hududida joylashgan qurilishi tugallanmagan “DEU-Yunitel” uyali aloqa kompaniyasi binosi buzilgan.

 

Fuqaro Usmanov Valixon Alixanovichning buzilshga tushgan bino-inshootlari o‘rniga yer maydoni ajratib berish xususidagi murojaatini qanoatlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabrdagi 911-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasining “Er Kodeksi” 7,20,23,41-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni 6,10,25-moddalariga asosan.

 

ҚАРОР ҚИЛАМАН:

 

1. Qo‘qon shahar hokimligi xuzuridagi yer uchastkalarini egalik qilishga ijaraga berish va mulk qilib berish (realizasiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi 2021 yil 07 yanvardagi “Qo‘qon shahar Sharq mavzesi hududida Usmanov Valixon Alixanovichga mini paypoq ishlab chiqarish sexi qurishi uchun doimiy foydalanish hukuqi bilan yer maydoni ajratib berish haqida”gi dalolatnomasi tasdiqlansin.

 

2. Qo‘qon shahar Sharq mavzesi hududidan Usmanov Valixon Alixanovichga aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchalari qurishi uchun 300,0 m2 yer maydoni doimiy foydalanish xuquqi bilan ajratib berilsin.

 

3. Buyurtmachi Usmanov Valixon Alixanovich zimmasiga: qurilishi rejalashtirilayotgan ob’ektni loyihalashtirish uchun Davlat xizmatlari agentlegiga arxitektura rejalashtirish topshirig‘i (ART-1, ART-2) ishlab chiqish uchun buyurtma berish; Farg‘ona viloyati Qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasi ruxsatisiz qurilish ishlarini boshlamaslik; qurilish ishlarini O‘zbekiston Respublikasining “Shaharsozlik kodeksi” va “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonuni hamda shaharsozlik, qurilish, sanitariya norma va qoidalari talablariga asosan bajarish; binolarning fasad qismini va binolar oldi tomonini obodonlashtirish ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Shaharsozlik Kodeksi” “Yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish haqida”gi 8-moddasi, Vazirlar Maxkamasining 2009 yil 9-martdagi “Zamonaviy arxitektura-shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish qoidalari” xaqidagi 59-sonli qarori talablari asosida bajarish vazifasi yuklatilsin.

 

4. Kelgusida ajratilayotgan yer maydonidan belgilangan boshqa maqsadlarda foydalanilganda yoki yer maydonini samarasiz holatga keltirib qo‘yilganda O‘zbekiston Respublikasi “Er Kodeksi”ning 36-moddasiga asosan shahar zahirasiga qaytarib olinishligi belgilab qo‘yilsin.

 

5. Ushbu qaror tasdig‘i Xalq deputatlari shahar kengashidan so‘ralsin.

 

6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish shahar hokimining o‘rinbosari E.Tuxtaboev zimmasiga yuklatilsin.

 

Qo‘qon shahar hokimi
M.A.Usmonov
12.01.2021