Sun. May 12th, 2024

Marufjon Usmonov xorijdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalariga kirishga muyassar bo‘lgan o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lib, mutasaddilarga iqtidorli yoshlarning tajribasini shahrimiz maktablarida keng targ‘ib etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, o‘tgan o‘quv yilida maktabning barcha bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga qabul qilindi. Ayni paytda bu yerda tahsil olayotgan 20 nafar o‘quvchilar ingliz tili bo‘yicha IELTS sertifikatlariga ega bo‘ldi. Marufjon Usmonov o‘quvchilar tomonidan to‘garaklarda yasalgan hunarmandchilik namunalari bilan tanishib, teatr studiyasi spektaklini tomosha qildi. Ximiya, biologiya, fizika laboratoriyalarida yoshlar tomonidan olib borilayotgan izlanishlar bilan tanishib, yoshlarning bilimlarini sinab ko‘rdi.

Qo‘qon shahar hokimi kutubxonada taklif etilayotgan adabiyotlarni ham ko‘zdan kechirib, mutasaddilarga kutubxonani xorijiy tajriba asosida yangi jixozlar bilan ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berdi. Yoshlar bilan samimiy suhbat qurgan Marufjon Usmonov maqsad sari og‘ishmay intilish, bilimlarni puxta egallash, ularni amaliyotda qo‘llay bilish xususida o‘z mulohazalarini bildirdi.