Thu. Feb 9th, 2023

Qo'qon shahar hokimi

Usmonov Maruf Azamovich 1965 yilda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek, ma’lumoti oliy. 1990 yilda Xarkov Yuridik institutini huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasi a’zosi.
Mehnat faoliyatini 1990 yilda Farg‘ona shahar prokurorining yordamchisi sifatida boshlagan, 1991-2004 yillarda Farg‘ona va Toshkent viloyatlari prokuraturalari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida mas’ul lavozimlarda ishlagan.

2004-2006 yillarda Qo‘qon shahar hokimi, 2006-2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi, 2010-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati sifatida faoliyat olib borgan.

Keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Sud’yalar oliy kengashi raisi vazifalarida ishlagan.
2018 yilning aprel’ oyidan Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar hokimi lavozimida ishlab kelmoqda.
Oilali, to‘rt nafar farzandi bor.

Haftaning har dushanba, payshanba kunlari fuqarolarni qabul qilish kuni. 
Qo‘qon shahar hokimining qabuliga ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Qo‘qon shahridagi Prezident Xalq qabulxonasi telefon raqami: +998 73 542 10 00
Qo‘qon shahar hokimligi devonxonasi telefon raqami: +998 73 542 35 77
Fuqarolar murojaatlari uchun aloqa telefoni: +998 91 136 05 58
Qo‘qon shahar hokimining yordamchisi: +998 90 570 07 70
Fuqarolar murojaatlari uchun Qo‘qon shahar hokimligining telegramdagi boti:
https://t.me/HokimKokandBot
Vebsayt: www.marufusmonov.uz
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
https://www.facebook.com/qoqonshaharhokimi/