Qo‘qon shahar A.Temur ko‘chasi hududidan marxum Abduqaxxarov Abdumanon turmush o‘rtog‘i Abduqaxxarova Gulchexra Abdumannonovnaga ikki qavatli (1-qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi, 2-qavatida turar-joy) binosi qurish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan yer maydoni ajratish haqida.
Qo‘qon shahar Xonaqox ko‘chasi 50A-uyda yashovchi fuqaro Abduqaxxarova Gulchexra Abdumannonovna shahar hokimligiga murojaat qilib, Dexqon bozori hududida joylashgan Qo‘qon shahar hokimining 18.02.2000 yil kungi №67-qaroriga asosan marxum Abduqaxxarov Abdumanonga tegishli umumiy yer maydoni 85,28 m2 dan iborat bino-inshootlar Qo‘qon shahar hokimining 21.04.2008 yildagi №200-sonli qarori bilan Qo‘qon Dehqon bozorini rekonstruksiya qilishga tushganligi va buzilishga tushganligi sababli o‘rniga yer maydoni ajratib berishni so‘ragan.
Yuqoridagilarga asosan fuqaro Abduqaxxarova Gulchexra Abdumannonovnaning murojaatini qanoatlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabrdagi 911-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasining “Er Kodeksi” 7,20,23,41-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni 6,25-moddalariga asosan.
ҚАРОР ҚИЛАМАН:
1. Qo‘qon shahar hokimligi huzuridagi yer uchastkalarini egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berish va mulk qilib berish (realizasiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyaning 2021 yil 5 yanvardagi “A.Temur ko‘chasi hududidan marxum Abduqaxxarov Abdumanon turmush o‘rtog‘i Abduqaxxarova Gulchexra Abdumannonovnaga ikki qavatli (1-qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi, 2-qavatida turar-joy) binosi qurish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan yer maydoni ajratish haqida”gi dalolatnomasi tasdiqlansin.
2. Xonaqox ko‘chasi 50A-uyda yashovchi fuqaro Abduqaxxarova Gulchexra Abdumannonovnaga, A.Temur ko‘chasi hududidan ikki qavatli (1-qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi, 2-qavatida turar-joy) binosi qurish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan 50,0 m2 yer maydoni ajratib berilsin.
3. Buyurtmachi (Abduqaxxarova Gulchexra Abdumannonovna) zimmasiga:
binolarning fasad qismini va binolar oldi tomonini obodonlashtirish ishlari O‘zbekiston Respublikasi “Shaharsozlik Kodeksi”ning “Yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish haqida”gi 8-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 9 martdagi “Zamonaviy arxitektura-shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish qoidalari” haqidagi 59-sonli qarori talablari asosida bajarish vazifasi yuklatilsin.
4. Kelgusida ajratilayotgan yer maydonidan belgilangan boshqa maqsadlarda foydalanilganda yoki yer maydonini samarasiz holatga keltirib qo‘yilganda O‘zbekiston Respublikasining “Er Kodeksi” 36-moddasiga asosan shahar zahirasiga qaytarib olinishligi belgilab qo‘yilsin.
5. Ushbu qaror tasdig‘i Xalq deputatlari shahar kengashidan so‘ralsin.
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish shahar hokimining o‘rinbosari E.To‘xtaboev zimmasiga yuklatilsin.
Qo‘qon shahar hokimi
M.A.Usmonov
05.01.2021