Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Sun. Nov 3rd, 2024

Qo‘qon shahar A.T.Ho‘qandiy mavzesi «Yangiobod» MFY hududidan fuqaro Niyazov Axror Abdullaevichga ikki qavatli savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shohobchasi binosi qurish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan yer maydoni ajratish haqida.

 

Qo‘qon shahar Ozodlik ko‘chasi 27-uyda yashovchi fuqaro Niyazov Axror Abdullaevich shahar hokimligiga murojaat qilib, Qo‘qon shahar Turkiston ko‘chasi 2V-uyda joylashgan umumiy yer maydoni 1851,35 m2 dan iborat ustaxona bino-inshootlar 09.11.2010 yilda tuzilgan 2-sonli ko‘chmas mulkni oldi-sotdi shartnomasiga asosan o‘ziga tegishli bo‘lib, ushbu bino-inshootlar Qo‘qon shahar hokimining 24.12.2009 yildagi №467-sonli qarori bilan Qo‘qon shahar markaziy ko‘chalarini obodonlashtirish maqsadida buzilganligi sababli o‘rniga yer maydoni ajratib berishni so‘ragan.

 

Yuqoridagilarga asosan fuqaro Niyazov Axror Abdullaevichning murojaatini qanoatlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabrdagi 911-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasining “Er Kodeksi” 7,20,23,41-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni 6,25-moddalariga asosan.

 

QAROR QILAMAN.

1. Qo‘qon shahar hokimligi huzuridagi yer uchastkalarini egalik qilishga ijaraga berish va mulk qilib berish (realizasiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyasining 2021 yil 7 yanvardagi “A.T.Ho‘qandiy mavzesi «Yangi obod» MFY hududidan ikki qavatli savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shohobchasi binosiqurish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan yer maydoni ajratib berish haqida”gi dalolatnomasi tasdiqlansin.

 

2. Qo‘qon shahar Ozodlik ko‘chasi 27-uyda yashovchi fuqaro Niyazov Axror Abdullaevichga A.T.Ho‘qandiy mavzesi «Yangi obod» MFY hududidan ikki qavatli savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shohobchasi binosi qurish uchun 300,0 m2 yer maydoni doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilsin.

 

3. Qo‘qon shahar qurilish boshqarmasi (B.Tursunov)ga qurishga loyixa-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan Arxitektura rejalashtirish topshirig‘i (ART-1, ATR-2)ni belgilangan muddatlarda tayyorlab berish vazifasi topshirilsin.

 

4. Buyurtmachi tomonidan qurilishga ruxsat berish hamda yer maydoniga foydalanish huquqini berish quyidagi shartlar asosida, ya’ni buyurtmachi tomonidan binolarning fasad qismini va binolar oldi tomonini obodonlashtirish ishlari O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik Kodeksi “Yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chog‘idagi majburiyatlari haqida”gi 8-moddasi, Vazirlar Maxkamasining 2009 yil 9 martdagi “Zamonaviy arxitektura-shaharsozlik talablarini hisobga olgan xolda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish qoidalari” haqidagi 59-sonli qarori talablari asosida bajarilishi ko‘zda tutilsin.

 

5. Kelgusida ajratilgan yer maydonidan belgilangan boshqa maqsadlarda foydalanilganda yoki yer maydonini samarasiz xolatga keltirib qo‘yilganda O‘zbekiston Respublikasining Yer Kodeksi 36-moddasiga asosan shahar zaxirasiga qaytarib olinishligi belgilab qo‘yilsin.

 

6. Ushbu qarorni tasdig‘i Xalq deputatlari Qo‘qon shahar kengashidan so‘ralsin.

 

7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish shahar hokimi o‘rinbosari E.To‘xtaboev zimmasiga yuklansin.

 



Qo‘qon shahar hokimi: M.A.Usmonov
16.02.2021

Click to listen highlighted text!