Sat. Jul 20th, 2024

Qo‘qon shahar A.T.Ho‘qandiy mavzesi hududidan «QO’QON ELEGANT BUILDING» MChJga ikki qavatli (1-qavatida savdo maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi, 2-qavatida turar-joy) binosi qurish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan yer maydoni ajratish haqida.

 

«QO’QON ELEGANT BUILDING» MChJ raxbari Z.Sattorova shahar hokimligiga murojaat qilib, Qo‘qon shahar hokimining 2020 yil 17 yanvardagi 12-sonli qarori bilan «QO’QON ELEGANT BUILDING» MChJga 5 qavatli turarjoy binosi qurish uchun ajratilgan yer maydoni shahar hokimligi zaxirasiga qaytarib olinganligi sababli o‘rniga yer maydoni ajratib berishni so‘ragan.

 

Yuqoridagilarga asosan «QO’QON ELEGANT BUILDING» MChJning murojaatini qanoatlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabrdagi 911-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasining “Er Kodeksi” 7,20,23,41-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni 6,25-moddalariga asosan.

 

QAROR QILAMAN.

1. Qo‘qon shahar hokimligi huzuridagi yer uchastkalarini egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berish va mulk qilib berish (realizasiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyaning 2020 yil 7 yanvardagi “A.T.Ho‘qandiy mavzesi hududidan «QO’QON ELEGANT BUILDING» MChJga ikki qavatli (1-qavatida savdo maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi, 2-qavatida turar-joy) binosi qurish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan yer maydoni ajratish haqida”gi dalolatnomasi tasdiqlansin.

 

2. «QO’QON ELEGANT BUILDING» MChJga A.T.Ho‘qandiy mavzesi hududidan ikki qavatli (1-qavatida savdo maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi, 2-qavatida turar-joy) binosi qurish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan 50,0 m2 yer maydoni ajratib berilsin.

 

3. Qo‘qon shahar qurilish boshqarmasi (B.Tursunov)ga A.T.Ho‘qandiy mavzesi hududida ikki qavatli (1-qavatida savdo maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi, 2-qavatida turar-joy) binosi qurishga loyiha smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan Arxitektura rejalashtirish topshirig‘i (ART-1, ART-2)ni belgilangan muddatlarda tayyorlab berish vazifasi yuklatilsin.

 

4. Buyurtmachi (Z.Sattorova) zimmasiga: binolarning fasad qismini va binolar oldi tomonini obodonlashtirish ishlari O‘zbekiston Respublikasi “Shaharsozlik Kodeksi”ning “Yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish haqida”gi 8-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 9 martdagi “Zamonaviy arxitektura-shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish qoidalari” haqidagi 59-sonli qarori talablari asosida bajarish vazifasi yuklatilsin.

 

5. Kelgusida ajratilayotgan yer maydonidan belgilangan boshqa maqsadlarda foydalanilganda yoki yer maydonini samarasiz holatga keltirib qo‘yilganda O‘zbekiston Respublikasining “Er Kodeksi” 36-moddasiga asosan shahar zahirasiga qaytarib olinishligi belgilab qo‘yilsin.

 

6. Ushbu qaror tasdig‘i Xalq deputatlari shahar kengashidan so‘ralsin.

 

7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish shahar hokimining o‘rinbosari E.To‘xtaboev zimmasiga yuklatilsin.

 

Qo‘qon shahar hokimi: M.A.Usmonov
16.02.2021