Hokim kubogi uchun o‘tkazilgan bilimlar bellashuvining tantanali ochilish marosimiga Marufjon Usmonov ham tashrif buyurdi.
Qo‘qon shahar hokimi mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan ta’lim samaradorligini oshirish, yoshlarning sifatli bilim olishlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida to‘xtalib o‘tdi.
“Ixtisoslashtirilgan Prezident maktablari mamlakatimizda yoshlarga ta’lim sohasida yaratilayotgan sharoitlarga yorqin misol bo‘ladi”, dedi Marufjon Usmonov.
Shahar hokimi xorijdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalariga kirishga muyassar bo‘lgan 2-ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari bilan ham muloqotda bo‘lib, mutasaddilarga iqtidorli yoshlarning tajribasini shahrimiz maktablarida keng targ‘ib etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.