Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:






Xususan, Farg‘ona viloyati transport boshqarmasi, Qo‘qon shahrida faoliyat yuritayotgan transport kompaniyalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot chog‘ida Qo‘qon shahrida ekologik toza, aholi uchun qulay va xavfsiz, rejali harakatlanadigan transport tizimini yaratish, avtobus to‘xtash joylari va keng ma’noda olganda jamoat transport infratuzilmasi obyektlarini talab darajasiga keltirish, sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish masalalari muhokama etildi. Samimiy muloqot chog‘ida shahrimiz ko‘chalarida tirbandliklarning oldini olish, aylanma yo‘llar sonini ko‘paytirish, jamoat transporti uchun elektron to‘lovlarni muammolarsiz ishlashini ta’minlash, yangi transport yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Viloyat ishchi guruhi yangi haftadan Qo‘qon shahrida faoliyat olib borib, aholi ehtiyojlari va mavjud muammo, masalalarni o‘rganadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!




O‘quvchi qizlar Qo‘qon shahri aholisi salomatligi uchun hissa qo‘shadilar

Sichqoncha bilan belgilab