Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:








Qo‘qon shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Tibbiyot birlashmasi hamkorligida “Salomatlik volontyorlari” forumi o‘tkazildi. 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabda o‘tkazilgan Forumda har bir maktabdan namunali, jamiyat ijtimoiy hayotiga befarq bo‘lmagan, tengdoshlarini ortidan ergashtira oladigan qizlar taklif etildilar. Forum davomida “Salomatlik volontyorlari” loyihasining muddaosi ta’kidlab o‘tildi. Unga ko‘ra o‘quvchi qizlar “Qizlar salomatligi markazi” tomonidan berilgan materiallar asosida tengdoshlarida shaxsiy gigiyena, zararli odatlardan saqlanish kabi mavzularda ko‘nikma shakllantirish, maktabda “Salomatlik kuni”ni yuqori saviyada tashkil etishga munosib hissa qo‘shadilar. Bunda 1-4, 5-7, 8-11 sinflar bo‘yicha alohida materiallar taqdim etib boriladi va yoshlar faoliyat maktablar rahbariyati tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!





Sichqoncha bilan belgilab