Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:



Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosari, Investitsiyalar sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i Oybekjon Mingbayev Janubiy Koreyaning "Hyundai Heavy Industries Power Systems" kompaniyasi mutasaddilari bilan muzokaralar olib bordi. Muzokaralar chog‘ida sarmoyadorlarning 10 mVt/soat elektr energiyasi va soatiga 20 gigakoloriya issiqlik energiyasi ishlab chiqarib aholiga yetkazishga mo‘ljallangan isitish tarmog‘ini yaratish bo‘yicha takliflari ko‘rib chiqildi. 58 million dollardan ziyod mablag‘ talab etadigan loyiha bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Keyingi bosqichda loyiha bilan qamrab olinadigan ko‘p qavatli uylar va isitish markazi joylashuvi bo‘yicha aniq rejalar belgilab olinadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!




O‘quvchi qizlar Qo‘qon shahri aholisi salomatligi uchun hissa qo‘shadilar

Sichqoncha bilan belgilab