Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:









Tantanali ochilish marosimida mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbuslari bilan sportni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, buning natijasida yurtimizdan yetishib chiqayotgan chempionlar, xalqaro maydonda erishilayotgan natijalar e’tirof etildi. WT tasnifi bo‘yicha o‘tkazilgan sport bellashuvida yurtimiz va qo‘shni mamlakatlardan kelgan sportchi o‘g‘il bolalar va qizlar ishtirok etdilar. Murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan sport shousini tomoshabinlar katta qiziqish bilan kuzatib bordilar. Musobaqa so‘nggida Taekvondo sportini rivojlantirishga katta hissa qo‘shayotgan mutasaddi rahbarlar, yetuk sport ustalarini tarbiyalagan trenerlar va yuksak natijalarga erishgan sportchilar musobaqa tashkilotchilarining Tashakkurnomalari, medallar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!





O‘quvchi qizlar Qo‘qon shahri aholisi salomatligi uchun hissa qo‘shadilar

Sichqoncha bilan belgilab