Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:





Qo‘qon shahar hokimligi, shahar prokuraturasi,O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi shahar bo‘limi, Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar xodimlaridan tuzilgan ishchi guruh tomonidan atmosfera havosiga zarar yetkazuvchi omillarni aniqlash maqsadida keng qamrovli reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Tadbir davomida bir qator ishlab chiqarish korxonalari o‘rganilib, atmosferaga zararli chiqindilar chiqarayotgan sanoat korxonalari aniqlandi. Ayni paytda aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda. Reyd tadbirlari aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash, atrof-muhitga zarar yetkazuvchi noqonuniy faoliyatlarning oldini olishga qaratilgan bo‘lib, muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!


Qo‘qon shahrida inklyuziv ta’limni rivojlantirish choralari ko‘rilmoqda


Qo‘qon shahrida "Aqlli shahar" loyihasi amalga oshiriladi

Sichqoncha bilan belgilab