Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:









Turon tantanalar saroyida bo‘lib o‘tgan tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mamlakatimizda so‘nggi yillarda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan imkoniyati cheklangan fuqarolarni qo‘llab quvvatlash va ijtimoiy hayotga moslashtirish, bandligini ta’minlash, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar, yangi tashkil etilgan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi va uning funksiyalari xususida to‘xtalib o‘tib, Qo‘qon shahrida inklyuziv ta’limni rivojlantirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni protez-ortopediya uskunalari bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi. Tadbir doirasida Qo‘qon davlat universiteti, Pedagogika va psixologiya fakultetining Surdotarjimonlik yo‘nalishi talabalari ishtirokida imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun moslashtirilgan konsert dasturi, el suygan san’atkorlar kuy-qo‘shiqlari ijro etilib, ko‘tarinki kayfiyat baxshida etildi. Nuroniylar Qur’on-tilovat qilib, barchaga sihat salomatlik, Yurtboshimizga omonlik, xalqimiz dasturxoniga to‘kin-sochinlik tilab duolar qildilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!


Qo‘qon shahrida inklyuziv ta’limni rivojlantirish choralari ko‘rilmoqda


Qo‘qon shahrida "Aqlli shahar" loyihasi amalga oshiriladi

Sichqoncha bilan belgilab