Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:





Ayni paytda Qo‘qon shahar hokimi boshchiligida shahrimiz mutasaddi rahbarlari delegatsiyasi Urganch shahrida yo‘lga qo‘yilgan loyihani o‘rganmoqdalar. "Urganch aqlli shahar" tizimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli O‘zbekiston - 2030" strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan yirik loyihadir. Tizim shahar infratuzilmasini zamonaviy texnologiyalar yordamida boshqarish va aholining hayot sifatini oshirishga qaratilgan. Tizim doirasida chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi boshqaruvi, ijtimoiy obyektlarda harorat monitoringi, jamoat transportida raqamli elchimlar, yashil maydonlarni avtomatik sug‘orish va namlikni nazorat qilish, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarida sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llaniladi va 24/7 rejimida tahlil hamda monitoring qilib boriladi. Ayni paytda Qo‘qon shahri delegatsiyasi "Raqamli shahar" konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha seminarlarda ishtirok etib, ushbu tajribani Qo‘qon shahrida qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganmoqdalar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!


Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan Xalqaro pedagogik simpozium yuksak baholandi

Qo‘qon shahar hokimi turkiyalik sarmoyadorlar bilan muzokaralar olib bordi

Qo‘qon shahrida yashil maskanlar barpo etilmoqda


Qo‘qon shahrida Konstitutsiya kuni yuqori saviyada nishonlandi

Sichqoncha bilan belgilab