Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:









Tadbirda ishtirok etgan Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov "Xon Atlas" milliy modalar uyi o‘quv markazida tahsil olib turli yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmalar bilan tanishdi. Yaqindagina o‘zlari yangi kasbga ega bo‘lgan shogirdlar bugun ustoz sifatida bilimlarini keyingi avlodga yetkazmoqda, ayrimlari tikuvchilik sohasida ko‘plab mijozlar orttirib, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirmoqda. Milliy liboslar ko‘rgazmasi oldidan o‘tkazilgan tantanali marosimda Qo‘qon shahar hokimi mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yoshlar o‘rtasida o‘zbekona kiyinish madaniyati, milliy libos va an’analarimizni keng targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni alohida ta’kidlab o‘tdi. Yuzlab tomoshabinlar nigohida bo‘lib o‘tgan milliy va zamonaviy ayolllar va qizlar liboslari ko‘rgazmasi, milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etishga qaratilgan teatrlashtirilgan shou ko‘rinishida tashkil etilib, ishtirokchilarni go‘zal urf-odatlarimiz va an’analarimizni yana bir bor idrok etish, milliy matodan tikilgan liboslarni keng targ‘ib etish kabi ezgu maqsadlarga xizmat qildi. Tadbir so‘nggida eng faol tadbir ishtirokchilariga e’tibor ko‘rsatilib, esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. "Xon Atlas" o‘quv markazini turli yo‘nalishlarda bitirgan 20 nafar yoshlarga esa diplomlar va ramziy sovg‘alar tuhfa etildi. Modalar ko‘rgazmasining o‘zbekona, qadriyatlarimizga mos bir ko‘rinishi sifatida yuqori saviyada tashkil etilgan tadbirdan ishtirokchilar nafaqat ko‘tarinki kayfiyat balki ma’naviy ozuqa ham olib, tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiliklarini hadya etgan gulchambarlar bilan izhor etdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!





Qo‘qon shahrida ichki ishlar organlari xodimlariga e’tibor ko‘rsatildi

Sichqoncha bilan belgilab