Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:








Bu boradagi kelishuvlarga “Silk Road Professionals’ kompaniyasi rahbari Djeyms Venger va Qo‘qon shahar hokimi o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida erishildi. Axborot texnologiyalarga o‘qitish va ushbu sohada xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan kompaniya ayni paytda Farg‘ona shahri va Tojikistonning Xo‘jand shahrida faoliyat olib bormoqda. Qo‘qon shahar hokimi ham muloqot chog‘ida Djeyms Venger bilan nafaqat yoshlarni axborot texnologiyalariga o‘qitish balki ayni paytda Qo‘qon shahrida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni ushbu sohada ish bilan ta’minlash masalalarini ham muhokama etib, ushbu yo‘nalishda barcha shart-sharoitlar yaratib berilishini bildirdi. Muzokaralar natijasiga ko‘ra Djeyms Venger Qo‘qon shahrida axborot texnologiyalariga o‘qitish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar, moddiy-texnik baza, ta’lim maskanlaridagi mutaxassislar salohiyatini o‘rganadi. Qo‘qon Axborot texnologiyalari texnikumida faoliyat yuritayotgan markazda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!





Qo‘qon shahrida ichki ishlar organlari xodimlariga e’tibor ko‘rsatildi

Sichqoncha bilan belgilab