Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:








Ichki ishlar organlari xodimalari kuni munosabati bilan “O‘zbegim” tantanalar saroyida o‘tkazilgan bayram tadbirida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Prezidentimizning Ichki ishlar organlari xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Marufjon Usmonov barchani bayram bilan samimiy muborakbod etib, mamlakatimiz va shahrimizda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida erishilgan yuksak natijalarni e’tirof etdi. Tantanali tadbirda fidokorona xizmatlari bilan safdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan bir qator ichki ishlar xodimlari va faxriylar Qo‘qon shahar hokimining Tashakkurnomasi, “Namunali xizmatlari uchun”, “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi faxriysi ko‘krak nishonlari va rag‘batlantiruvchi sovg‘alar hamda mukofotlar bilan taqdirlandilar. Bayram ishtirokchilari uchun dasturxon yozilib, konsert dasturi namoyish etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!


Qo‘qon shahar hokimi ta’lim sohasi mutasaddilari bilan muloqot qildi



Sichqoncha bilan belgilab