Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:








1) Fakt - Ayrim fuqarolar dabdabali to‘y marosimlari va ularni o‘tkazishga sarflanadigan katta xarajatlar oqibatida qarzga botmoqda va undan qutulish maqsadida chet elga ishlash uchun chiqib ketmoqda. Muhokamada Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, diniy idoralar, mahalla tizimi mutasaddilari, nuroniylar, xotin-qizlar faollari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning shahar bo‘limi, ma’naviyat-targ‘ibot guruhi a’zolari to‘y va marosimlarni o‘tkazish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. 2) Fakt - Ba’zi fuqarolar to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni dabdaba bilan o‘tkazishni qo‘shnilar, qarindoshlar tomonidan bo‘ladigan tanqidlardan, qoralashdan, umuman olganda, ijtimoiy tazyiqdan xalos bo‘lish vositasi sifatida tushunmoqda. Vaholanki, bunday tadbirlar yaqin qarindoshlar o‘rtasida qarzdorlikning vujudga kelishiga va oqibatda keskin ziddiyatlarga olib kelmoqda. Ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida mas’ullarga xalqimizning uzoq yillik qadriyatlari va an’analarini o‘zida aks ettirgan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazishda shuhratparastlik, o‘zini ko‘z-ko‘z qilish, boshqalarning ijtimoiy ahvolini inobatga olmaslik, isrofgarchilik illatlarini oldini olish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. 3) Fakt - Aksariyat aholi, ayniqsa, xotin-qizlarning ongida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda qiz tomonning sarf-xarajatlari qanchalik yuqori bo‘lsa, qaynona-kelin munosabatlari shunchalik yaxshi bo‘ladi, degan noto‘g‘ri tasavvur tobora mustahkamlanib bormoqda. Maromiylik loyihasi doirasida "To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishda davlat va jamoat tashkilotlarining o‘rni" mavzusidagi davra suhbatida davlat va jamoat tashkilotlarining muhokama etilgan masalalarga doir munosabatlari bildirilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berildi. 4) Fakt - To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda san’atkorlar haddan ziyod baland narxlarda xizmat ko‘rsatmoqda, o‘z tomosha xizmatlarini ko‘rsatish davomida milliy mentalitetimiz, qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizga mos kelmaydigan, «ommaviy madaniyat» illatlarini targ‘ib etadigan hamda yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan xatti-harakatlar namoyish etilmoqda. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi buyurtmasiga asosan tayyorlangan va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan "Ota" telefilmi ham namoyish etilib, tomoshabinlarni yana bir bor muhokama etilgan masalalarni idrok etishga, mulohaza yuritishga chorladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Bir Vatan, Bir El, Bir Bayroq!

Qo‘qon shahrida tibbiyot sohasi mutasaddilariga e’tibor ko‘rsatildi




Sichqoncha bilan belgilab