Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:








Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Qo‘qon Raqamli texnologiyalar texnikumida yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish, aholi va tadbirkorlik subyektlarining raqamli xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Marufjon Usmonov bu yerda faoliyat olib borayotgan axborot texnologiyalariga o‘qitish markazi, bu yerda berilayotgan bilimlar, moddiy-texnik ta’minot, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi. Ayni paytda markazda 150 nafar yoshlar mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblarga o‘qitilmoqda. Veb dasturlash, grafik dizayn, ijtimoiy tarmoqlar marketingi, robototexnika, kompyuter savodxonligi kabi yo‘nalishlarni tamomlagan yoshlarning ko‘pchiligi shu yerning o‘zida ishlab daromad topayotgan jamoaga qo‘shilmoqda. Mas’ullarga berilayotgan ta’lim darajasi va samaradorligini oshirish, yetishib chiqayotgan mutaxassislar saviyasini xalqaro darajaga yetkazish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!


Qo‘qon shahrida ichki ishlar organlari xodimlariga e’tibor ko‘rsatildi

Qo‘qon shahar hokimi ta’lim sohasi mutasaddilari bilan muloqot qildi


Sichqoncha bilan belgilab