Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:






Shahrimizdagi davlat va nodavlat tibbiyot muassasalari rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida shahrimizga yuqori texnologik tibbiy jihozlarni olib kelib o‘rnatish, Qo‘qon shahrida "Advanced care" kompaniyasi vakolatxonasini ochish, bugungi kunda shahrimizda tibbiyot sohasida mavjud muammo-masalalar, ularni hal etish uchun zarur zamonaviy jihozlar va mutaxassislar xususida fikr almashildi. Marufjon Usmonov Abdulla Alarabiga Qo‘qon shahrida ushbu sohada faoliyati yuritayotgan klinikalar bilan hamkorlikda zamonaviy diagnostika markazini ochish, tibbiyotni raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi. Muzokaralar natijasiga ko‘ra ko‘rib chiqilgan takliflar yuzasidan aniq loyihalar ishlab chiqish, Abdulla Alarabini shahrimizdagi tibbiyot muassasalarida mavjud imkoniyatlar va tibbiy texnik uskunalarga bo‘lgan ehtiyoji bilan tanishtirish bo‘yicha kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!


Qo‘qon shahrida ichki ishlar organlari xodimlariga e’tibor ko‘rsatildi

Qo‘qon shahar hokimi ta’lim sohasi mutasaddilari bilan muloqot qildi


Sichqoncha bilan belgilab