Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Raqamli transformatsiya, avval oldin faqat kinolarda ko‘rgan texnologiyalar asta-sekin hayotimizga kirib kelib, kundalik turmushimizga aylanmoqda. Aslida davlatimiz rahbari tomonidan iqtisodiyotimizni raqamlashtirish bo‘yicha olg‘a surgan tashabbuslarining mazmun-mohiyati ham shunda-ilg‘or texnologiyalarni xalqimiz farovonligi yo‘lida xizmat qildirishdir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Abdulxakim Eshmuratov Qo‘qon shahridagi Markaziy dehqon bozorida savdo rastalaridan foydalanish uchun haq to‘lash, bozorda ko‘rsatilayotgan xizmatlar va boshqa to‘lovlarni raqamlashtirish, ochiq va shaffof tizim yaratish borasida erishilgan natijalar bilan tanishib, mas’ullar bilan muloqotda bo‘ldi. Davlatimiz rahbari tomonidan maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan taqdimotda bozor, yirik savdo markazlari va pullik xizmat ko‘rsatuvchi davlat muassasalarini raqamlashtirish, parlamentning mas’ul qo‘mitalariga korrupsion holatlarning kelib chiqish sabablarini o‘rganish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan edi. Bugun ushbu ko‘rsatmalar ijrosi doirasida Qo‘qon shahrida ham barcha bozorlarni raqamlashtirish choralari ko‘rilmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar parlamentning mas’ul qo‘mitalari va keng jamoatchilik vakillari tomonidan nazorat qilib borilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Sichqoncha bilan belgilab