Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Qo‘qon shahar hokimi 9-alohida ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatida 10 sinf o‘quvchisi Feruzaxon Orifjonovani Jahon chempionatida qo‘lga kiritgan ulkan g‘alabasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimda ishtirok etdi. Marufjon Usmonov Misrning Kohira shahrida para pauerlifting bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda oltin medalga sazovor bo‘lgan Feruzaxon va internat jamoasini qizg‘in muborakbod etib, mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan imkoniyati cheklangan yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni alohida ta’kidlab o‘tdi. Qo‘qon shahar hokimi Feruzaxonga kelgusida ulkan g‘alabalar tilab, rag‘batlantiruvchi sovg‘alar bilan taqdirladi. Marufjon Usmonov maktab jamoasi va yoshlar bilan muloqot qilib bu yerda mavjud muammo-masalalarni ham o‘rgandi.Xususan internat ma’muriyatining murojaatiga asosan 20 nogironlik aravachasi va sport jihozlari keltirib beriladi. Biz bilimga chanqoq va intiluvchan yoshlarimizni doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz dedi, yoshlar bilan muloqot chog‘ida Qo‘qon shahar hokimi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Sichqoncha bilan belgilab