Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Bu boradagi kelishuvlarga Qo‘qon shahar hokimi va "Buyuk Ipak Yo‘li" O‘zbekiston-Yaponiya fondi mutasaddilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida erishildi. Muloqot chog‘ida Qo‘qon shahrida qayta tiklanuvchi energiya, gadjetlar, avtomobillar uchun butlovchi qismlar, ipak ishlab chiqarish sohasida yuqori texnologik korxonalarni tashkil etish masalalari muhokama etildi. Marufjon Usmonov turizm, madaniyat va ta’lim sohasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalar bo‘yicha ham o‘z takliflarini bildirib, Qo‘qon shahrining jozibador investitsion muhiti va qulay geografik joylashuvi, Qo‘qon Erkin Iqtisodiy Zonasi imtiyozlari xususida ham ma’lumot berdi. Yaponiyalik sarmoyadorlar Qo‘qon shahridagi 6-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida yapon ta’lim tizimi asosida faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich sinflar bilan ham tanishib, dars jarayoni, yapon xalqining milliy kuy-qo‘shiqlari, badiiy chiqishlarni tomosha qildilar. Sarmoyadorlar o‘quvchilar bilan yapon tilida muloqot qilib, bilim saviyasi va ta’lim jarayoniga baho berdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Sichqoncha bilan belgilab