Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
"Appetito" konditer mahsulotlari ishlab chiqarish va savdo markazining yangi do‘koni o‘z faoliyatini boshladi. Tantanali marosimda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilgan keng shart-sharoitlarni ta’kidlab o‘tib, yangi markaz bilan tashabbuskor tadbirkorlar va mahalliy aholini muborakbod etdi. Qo‘qon shahar hokimi o‘z faoliyatini boshlagan yangi konditer markazida aholiga taklif etilayotgan mahsulotlar assortimenti, yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirib, rahbariyat bilan muloqotda bo‘ldi. Suhbat chog‘ida xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarishni mahallalardagi ishsiz xotin-qizlarga o‘rgatish, ushbu tadbirkorlik tajribasini shahrimizda yanada keng joriy etish masalalari muhokama etildi. Tantanali marosimda 10 metr uzunlikdagi ulkan tort tayyorlanib, tashrif buyurgan mehmonlar, mahalliy aholi va bolajonlarga tuhfa etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Sichqoncha bilan belgilab