Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
🗣Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan murojaatlar holati yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi ✅Bugun Quvasoy shahar hokimligi katta majlislar zalida shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov tomonidan shahardagi bo‘lim va tashkilot rahbarlari ishtirokida, shahar aholisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali yo‘llangan murojaatlarning o‘rganib chiqish natijalari yuzasidan tanqidiy muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. 🔵Yig‘ilish davomida, shahardagi bo‘lim va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan hamda tushuntirish berish orqali nazoratdan chiqarilgan murojaatlarni qayta o‘rganib chiqib, ijobiy hal etish choralarini ko‘rish, ijobiylik darajasini oshirish, shu orqali aholi roziligini ta’minlash borasida zaruriy chora-tadbirlar belgilanib ijrosi nazoratga olindi. 🔊Shahar hokimi tomonidan har bir korxona va tashkilot rahbari o‘ziga yuklatilgan vazifalarni vijdonan va sidqidildan bajarish orqali davlat xizmatchisi nomiga munosib bо‘lib xizmat olib borishi, vatanimiz va xalq xizmati uchun bel bog‘lash asosiy vazifamiz ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Qo‘qon shahrining qiyofasi tubdan yangilanmoqda
Qo‘qon shahar hokimi sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlarini hal etmoqda
Ta’limning chek-chegarasi yo‘q!
Qo‘qon shahrida Oila va xotin-qizlar maskani o‘z faoliyatini boshladi
Qo‘qon shahrida “Madaniyat va san’at xaftaligi” doirasida konsert o‘tkazildi