Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Mubinaxon Baxodirova 2005-yilda Qo‘qon shahrida ziyolilar oilasida dunyoga keldi. Yoshligidan sportga mehr qo‘yib, 2013-yildan boshlab, stol tennisi bilan shug‘ullana boshladi. 2016, 2017, 2018-yillari ketmaketiga 3-yil O‘zbekiston chempioni unvoniga sazovor bo‘lib, 2022-yilda Stol tennisi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga munosib deb topilgan. 2024-yilda yaqindagina to‘yi bo‘lgan Mubinaxon baxtsiz xodisa tufayli turmush o‘rtog‘i bilan bevaqt olamdan ko‘z yumdi. Musobaqani tantanali ochilish marosimida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Mubinaxonni sportga bo‘lgan muhabbati, shijoati va qisqa vaqt ichida erishgan natijalari barcha yoshlarga o‘rnak bo‘la olishini alohida ta’kidlab o‘tdi. "Prezidentimiz sport sohasida yoshlarga yaratib berayotgan imkoniyatlari ana shunday matonatli, sog‘lom va baquvvat kelajak avlodini tarbiyalashga qaratilgan", dedi shu jumladan Marufjon Usmonov. 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan musobaqalarda mamlakatimizning turli hudularidan kelgan sportchilar ishtirok etmoqdalar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
🗣"SHIJOAT VA G‘AYRAT" HARBIY SPORT MUSOBASII G‘OLIBLARI ANIQLANDI
📚Quvasoyda “Kitobxonlik haftaligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda