Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:


Qo‘qon kasbiy ta’lim maskanlarida tahsil olayotgan yoshlar Rossiyada malaka oshirish va mehnat qilish imkoniga ega bo‘ladi. Chunki bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida Rossiyaning Quyi Tagil metallni qayta ishlash va servis texnikumi hamda Farg‘ona viloyatidagi 15 ta kasbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Quyi Tagil metallni qayta ishlash va servis texnikumi direktori Natalya Gritsenko Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumidagi ta’lim jarayoni bilan ham tanishib, talabalar bilan muloqotda bo‘ldi. Prezidentimizning "Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yana-da takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi farmoniga asosan xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish hamda ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh o‘rta bo‘g‘in kadrlari tayyorlashga qaratilgan kelishuvlar navbatdagi o‘quv yilidan amaliyotga tatbiq etiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Qo‘qon shahrida mahalla tizimi mutasaddilari e’tirof etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 15-sessiyasi o‘tkazildi

Qo‘qon shahrida Yangi yil bayrami ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi


Shifokorlik punkti uchun yangi bino ajratildi!

Sichqoncha bilan belgilab