Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

592025-05-01 15:27

Qo‘qon shahrida Oila va xotin-qizlar maskani o‘z faoliyatini boshladi

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari doirasida oilaviy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish, ajrimlarning oldini olish, oilalar salomatligi va mustahkamligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan maskanning tantanali ochilish marosimida Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosari Nigoraxon Ergasheva va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Mahallalardagi xotin-qizlar faollari, yangi turmush qurgan oilalar va ularning ota-onalari, kaynota va qaynonalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida Qo‘qon shahar Oila va xotin-qizlar maskani Maxfuzaxon Nosirova oilaviy qadriyatlarini o‘g‘il-qizlarga yoshlik chog‘laridan to‘g‘ri tushuntirish, xotin-qizlar bilan ishlaydigan mutaxassislarning bilimini oshirish, milliy urf-odamlarimizni asrab avaylash, ajrim yoqasiga kelib qolgan yoshlarga psixologik yordam ko‘rsatish masalalariga to‘xtalib o‘tdi. Endilikda yangi markaz psixologik va huquqiy, mamlakatimiz uchun nisbatan yangi mediatsiya va korreksiya kabi oilaviy ajrimlar va nizolarni oldini olishga qaratilgan xizmatlarni ko‘rsatadi. Shu bilan bir qatorda ishsiz ayollarni kasb-hunarlarga o‘qitish va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘rgatish ham nazarda tutilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz