Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
🗣"SHIJOAT VA G‘AYRAT" HARBIY SPORT MUSOBASII G‘OLIBLARI ANIQLANDI Mahallalarda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur musobaqa Quvasoy shahridagi 1-son sport maktabida tashkil etildi. ✅Musobaqa ochilishida Quvasoy shahar hokimi o‘rinbosari A.Mamajonov ishtirok etib, musobaqa mahalla yoshlari uchun nafaqat jismoniy tayyorgarlik sinovi, balki vatanparvarlik, jasorat va jamoaviylik ruhini mustahkamlovchi katta maktabga aylanayotganini ta’kidladi va ishtirokchilarga omad tiladi. 🔵Musobaqada 31 ta mahallalar ishtirok etgan 18-22 yosh toifasidagi o‘g‘il-qizlar 6 ta shart asosida o‘z iqtidor va jismoniy tayyorgarliklari bo‘yicha bellashdilar. 🔵Musoboqa jarayonlarida shahar hokimligi va mudofaa ishlari bo‘limi, yoshlar ishlari agentligi hamkor tashkilotlar ishtirok etdilar. Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilan "Shijoat va g‘ayrat" harbiy sport musobaqasi yakuniga ko‘ra: 🥇1-o‘rinni – Sufon MFY yoshlari; 🥈2- o‘rinni – Hamdo‘stlik MFY yoshlari; 🥉3- o‘rinni – Bog‘bon MFY yoshlari egalladilar. 🟢Mazkur mahalla yoshlariga diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alar topshirildi. ✅Sufon MFY yoshlar jamoasi esa mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritgani uchun viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Qo‘qon shahrining qiyofasi tubdan yangilanmoqda
Qo‘qon shahar hokimi sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlarini hal etmoqda
Ta’limning chek-chegarasi yo‘q!
Qo‘qon shahrida Oila va xotin-qizlar maskani o‘z faoliyatini boshladi
Qo‘qon shahrida “Madaniyat va san’at xaftaligi” doirasida konsert o‘tkazildi