Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
📚Quvasoyda “Kitobxonlik haftaligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda 🗣Quvasoy shahar 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligiga bag‘ishlangan badiiy kecha va “Kitobxonlik haftaligi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. ✅Tadbirning asosiy maqsadi — yosh avlod qalbida kitobga mehr uyg‘otish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va o‘quvchilarni adabiyot orqali teran fikrlashga, ezgulik va ma’naviyat sari yetaklashdan iborat bo‘ldi. 🔵O‘quvchilar o‘z sevimli kitoblaridan parchalar o‘qishdi, turli millat vakillarining kuy qo‘shiqlaridan hirgoya qilishdi, sahna ko‘rinishlari, she’r va qo‘shiqlar orqali kitobning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyatini teran ifodalashdi. Tadbir barchada iliq taassurot qoldirib, kitobni do‘st, ustoz va yor sifatida qadrlash tuyg‘usini yanada mustahkamladi. Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Qo‘qon shahrining qiyofasi tubdan yangilanmoqda
Qo‘qon shahar hokimi sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlarini hal etmoqda
Ta’limning chek-chegarasi yo‘q!
Qo‘qon shahrida Oila va xotin-qizlar maskani o‘z faoliyatini boshladi
Qo‘qon shahrida “Madaniyat va san’at xaftaligi” doirasida konsert o‘tkazildi