Sat. Apr 27th, 2024

Ayni paytda ko‘p qavatli uylar hududida shahar elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

So‘nggi yillarda ushbu hududda barcha sohalarda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Yo‘l, kommunikatsiyalar yangilandi, maktab bog‘chalar ta’mirlandi, yangi aholiga xizmat ko‘rsatish obyektlari barpo etildi.

Mahallada joriy etilgan yangicha tizim tufayli jamiyatimiz negizi bo‘lgan oilalar mustahkamligini ta’minlash, ayollarning ijtimoiy muammolarini hal etishga alohida e’tibor qaratildi.

Bugungi kunda Muqimiy shaharchasiga chegaradosh, Qo‘qon shahriga yangi qo‘shib olingan hudularda qurilayotgan uy-joylarda istiqomat qilayotgan fuqarolarning ham ijtimoiy muammolari hal etilmoqda. Hususan kuni kecha ushbu huduga ham elektr tarmog‘i tortib kelinib, yangi transformator o‘rnatildi.