Sat. Apr 20th, 2024

Ayni paytda mahallalarda yoshlar yetakchilari, mahalla mutasaddilari bilan birgalikda aholi xonadonlariga tashrif buyurib, “Yoshlar daftari” bo‘yicha xatlovlarda ishtirok etmoqdalar.

So‘rovnoma asosida yoshlarning ijtimoiy holati, ishga joylashish, kasb-hunar o‘rganish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga bo‘lgan ishtiyoqi, muammo va masalalari o‘rganilmoqda.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan joriy etilgan tizim o‘zlarining muammolari, orzu va intilishlari bilan mutasaddi idoralarga murojaat etishga botina olmagan, tushkunlikka tushib qolgan yoshlarning ham eshigini taqillatib kirib, muammolarini aniqlash va ijtimoiy yordam ko‘rsatishga imkon bermoqda.