Tue. May 14th, 2024

Amiriy kutubxonasida harbiylar va mahallalardagi faol yoshlardan iborat 4 ta jamoa yurtimiz tarixi, mamlakatimizda va jamiyatimiz hayotida so‘nggi yillarda ro‘y bergan o‘zgarishlar, buyuk ajdodlarimiz hayoti, faoliyati va ijodi bilan bog‘liq savollarga javob berib, o‘zaro bellashdilar.

Iqtidorli yosh ijrochilar kuy-qo‘shiqlari musiqali tanaffuslarda ishtirokchilarga dalda bo‘lib, ko‘tarinki kayfiyat bahshida etdi.

Intellektual bellashuv g‘oliblari ma’naviyatimiz oltin hazinasi adabiyotlaridan iborat kitoblar to‘plamlari bilan taqdirlandilar.