Sun. Apr 28th, 2024

Bir million dollar miqdoridagi investision loyiha doirasida “Avitsenna Med Servis” xususiy klinikasiga Hindistonning “Allengers” kompaniyasining Angiograf va S-Duga rentgen apparati tibbiy uskunalari o‘rnatildi

Tantanali ochilish marosimida “Allengers Medical Systems Ltd” kompaniyasi direktori Ashu Goyal (Ashu Goyal), Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va sektorlar rahbarlari, viloyat va shahar darajasidagi sog‘liqni saqlash sohasi mutasaddilari, kardiologiya sohasida katta tajribaga ega Hindistonlik va mahalliy shifokorlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tantanali marosimda so‘zga chiqqanlar yangi markaz Qo‘qon shahri va atrof tumanlardagi yurak hastaligi bilan bog‘liq yuqori texnologik tibbiy amaliyotlarga muhtoj bemorlarga xorijga yoki boshqa hududlarga bormasdan shu yerning o‘zida jaxon andazalari darajasidagi tibbiy xizmat ko‘rsatish va salomatligini tiklash uchun sarflaydigan mablag‘ini bir necha barobar tejash imkonini berishini ta’kidlab o‘tdilar.

Mamlakatimizda tibbiyot sohasini rivojlantirish, xususiy sektorda yuqori darajadagi tibbiy xizmatlarni tashkil etish, tibbiyot sohasida xalqaro aloqalarni bevosita hududlar o‘rtasida rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida ma’lumot berildi.

Yangi markazda o‘rnatilgan tibbiy uskunalar va jixozlar, bemorlar va tibbiy xodimlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirgan rasmiylar va xorijiy mehmonlar klinikaning saviyasiga yuqori baxo berdilar.

Rasmiy ochilish marosimidan bir necha soatdan so‘ng markazda ilk murakkab operatsiyalar muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Ayni paytda “Allengers” kompaniyasining yuqori texnologik tibbiy uskunalari O‘zbekistondagi rasmiy dileri “NEOM technomed” kompaniyasi (https://neomtechnomed.com/) tomonidan taklif etilmoqda.