Sun. May 12th, 2024

“KIA” avtosalonining tantanali ochilish marosimiga Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va sektorlar rahbarlari ham tashrif buyurdilar.

Shahar hokimi mamlakatimizda va shahrimizda aholiga xizmat ko‘rsatish va savdo sohalarida ro‘y berayotgan keskin rivojlanish xususida to‘xtalib o‘tib, yangi avtosalon hamshaharlarimizning zamonaviy avtomobillarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Marufjon Usmonov “KIA” kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy dileri mutasaddilari ishtirokida taklif etilayotgan avtomobillar, servis xizmat ko‘rsatish shaxobchasi bilan tanishib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Yangi avtosalonning ishga tushirilishi natijasida 25 nafar yoshlar doimiy ish bilan ta’minlandi, avtosalon aholiga eng zamonaviy avtomobil va elektromobillarni taklif etmoqda.