Sat. Apr 27th, 2024

Tantanali ochilish marosimida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Marufjon Usmonov mamlakatimizda muqobil energiya manbaalaridan keng foydalanishni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tib, yangi do‘kon hamshaharlarimizga yuqori sifatli kuyosh panellarini eng arzon narxlarda yetkazib berish uchun xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Rasmiylar do‘konda taklif etilayotgan mahsulotlar, butlovchi qismlar bilan tanishib, xorijiy tadbirkorlar bilan muloqot qildilar.