Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 6-chaqiriq, 49-sessiyasida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, deputatlar, kun tartibidagi masalalarga aloqador mas’ul rahbarlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiyada Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash Qo‘qon shahar bo‘limi boshlig‘i Baxtiyorjon Po‘latovning “Qo‘qon shahrida mahallalardagi mavjud ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilma ob’ektlarining haqiqiy holatini baholash mezonlari asosida mahallalarni baholashdan o‘tkazish va ularning reestrini shakllantirish yuzasidan olib borilgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti tinglandi.
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Turkiyaga qilgan xizmat safari davomida mahallalarda tadbirkorlikni tashkil etish borasida orttirgan tajribasi yuzasidan deputatlar bilan fikr almashib, shahrimizda ushbu tajribani qo‘llash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bildirdi.
Sessiyada Qo‘qon tibbiyot birlashmasi rahbari Komiljon Sirojiddinovning “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom bola tug‘ilishini ta’minlash, aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti ham tinglandi.
Deputatlar tomonidan sessiyada kun tartibiga qo‘yilgan boshqa masalalar ham muhokama etildi. Bir qator deputatlar ko‘rilgan masalalar bo‘yicha o‘z takliflari va fikr mulohazalarini bildirdilar. Sessiyada ko‘rilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.