Tue. Apr 23rd, 2024

Qo‘qon shahridagi Prezident Xalq qabulxonasida o‘tkazilayotgan qabulda Marufjon Usmonov, murojaatlardagi masalalarga aloqador mas’ullar fuqarolarning murojaatlarini joyida hal etish choralarini ko‘rmoqdalar.

Uy-joy sharoitini yaxshilash, moddiy yordam, tadbirkorlik uchun yer maydoni – fuqarolarning eng ko‘p hal etilayotgan masalalaridan. Uy-joy uchun subsidiya va ipoteka kreditlari o‘rta daromadga ega fuqarolarga ham yangi xonadon sotib olishga imkon bermoqda.

Tadbirkorlik uchun yer maydonlari savdosi elektron auksionga o‘tkazilgani, yerni ijaraga va yengil tipdagi binolar qurish uchun rasmiylashtirishga sharoitlar yaratilgani katta sarmoyaga ega bo‘lmagan fuqarolarga ham o‘z biznesini boshlash imkonini bermoqda.

Qo‘qon hokimining qabulida mutaxassislar fuqarolarning barcha savollariga javob berib, masalalarini shu yerning o‘zida hal etmoqdalar.