Fri. Mar 29th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov tantanali tadbirning ochilish marosimiga joriy yilda maktablarni tamomlagan o‘quvchilar hamrohligida kirib keldi. Shahar hokimi yoshlar bilan suhbatda bo‘lib, kelajakdagi rejalari bilan qiziqdi.

Marufjon Usmonov yoshlarga yo‘llagan bayram tabrigida mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni ta’kidlab o‘tdi.

30-iyun’ yoshlar kuni munosabati bilan Qo‘qon musiqali drama teatri maydonida o‘tkazilgan tadbirda yuzlab yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Marufjon Usmonov o‘z faoliyatida yuqori natijalarga erishgan bir qator yoshlarga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Iqtidorli san’atkorlar ishtirokida namoyish etilgan gala-konsertni maydonga yig‘ilgan tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat bahshida etdi.