Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:







Qo‘qon shahrida yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada shahar hayotining muhim yo‘nalishlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari hamda davlat dasturlari ijrosi yuzasidan qator masalalar muhokama qilindi. Sessiya kun tartibining birinchi masalasi sifatida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi va uning doimiy komissiyalarining ish rejasi tasdiqlandi. Bu orqali Kengash faoliyatini tizimli tashkil etish, nazorat funksiyalarini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi farmoni ijrosi yuzasidan shaharda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, hududiy dasturlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilab olindi. Sessiyada “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi, Yoshlar ishlari agentligining 2025-yildagi faoliyati hamda 2026-yilga mo‘ljallangan rejalari to‘g‘risida hisobot tinglandi. Yoshlarni bandlikka jalb etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. 2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror ijrosi yuzasidan shaharda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Mutasaddilar tomonidan yangi ish o‘rinlari yaratish, kasb-hunarga o‘qitish va aholini daromadli mehnatga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan qaror ijrosi yuzasidan ham axborot tinglandi. Uy-joy fondini saqlash, boshqaruv samaradorligini oshirish va aholiga qulay shart-sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi. Qo‘qon shahar mahalliy byudjetining 2025-yildagi ijrosi yuzasidan hisobot berildi. Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi, ijtimoiy sohalarni moliyalashtirish hamda infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Sessiyada ko‘rilgan masalalar deputatlar tomonidan muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Sichqoncha bilan belgilab