Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:








Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Farg‘ona viloyat arxitekturasi mutasaddilari bilan Xudoyorxon O‘rdasi tashqi darvozalarini tiklash, yo‘laklar qoplamasi va salomxona koshinlarini asl ko‘rinishga keltirish masalalarini muhokama etdi. Muloqot chog‘ida Qo‘qon muzey qo‘riqxonasi mutasaddilari ham ishtirok etib, o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar. Loyiha doirasida Xudoyorxon O‘rdasining haram qismini ham qayta qurish rejalashtirilgan. Qo‘qon shahar hokimi O‘rda atrofini milliy uslubdagi devor bilan o‘rash masalalariga ham e’tibor qaratib, loyiha dizayni bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi. Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning ko‘rsatmalari asosida ishlab chiqilayotgan loyiha dizayni Qo‘qon shahrining turizm salohiyatini yanada yuksaltirish kabi ezgu maqsadlarga xizmat qilishi kutilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Sichqoncha bilan belgilab