Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:









Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov "Isfara guzar" mahallasida mutasaddilar bilan muloqotda bo‘lib, turizm marshrutlari bo‘ylab joylashgan Qo‘qon shahridagi ko‘chalarni Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi Zarqaynar ko‘chasi misolida milliy ko‘rinishga keltirish, aholiga xonadonlaridan turizm infrastrukturasi obyekti sifatida foydalanishi uchun shart sharoit yaratish masalalarini muhokama etdi. "Birinchi bosqichda turizm marshrutidagi 100 metr uzunlikdagi namunaviy maskan yaratiladi. Shu misol asosida barcha qolgan ko‘chalar ham yagona arxitekturaviy yechim bo‘yicha yangicha ko‘rinishga keltiriladi", dedi Qo‘qon shahar hokimi. Mutasaddilar aholi xonadonlariga ham tashrif buyurib fuqarolar bilan muloqotda bo‘ldilar. Xususan, muloqot chog‘ida milliy hunarmandchilik ustaxonasi, suvenirlar do‘koni va milliy oshxona tashkil etish maqsadida bo‘lgan fuqarolar bilan loyihalarni amalga oshirish mexanizmi bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!





Sichqoncha bilan belgilab