Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:








Qo‘qon shahar hokimligi, Farg‘ona viloyati prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Qo‘qon shahar soliq inspeksiyasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputatlari, tadbirkorlar, sanoat bozorlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari, blogerlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda Qo‘qon shahrida yashirin iqtisodiyotga barham berish, soliq solish bazasini kengaytirish, jismoniy shaxslar uchun qonuniy faoliyatning jozibadorligini oshirish maqsadida Prezidentimizning "Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil ma’lumot berildi. Media-muloqot so‘nggida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga ham javob berilib, muhokama etilgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!





Sichqoncha bilan belgilab